Germaniya dramali o‘yinda Shveytsariyani 4:3 hisobida yengdi

Germaniya dramali o‘yinda Shveytsariyani 4:3 hisobida yengdi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Germaniya terma jamoasi Shveysariyani gollarga boy o'rtoqlik uchrashuvida 4:3 hisobida mag'lub etdi.
  • Shveysariya safida Ndoye 17-daqiqada, Embolo 41-daqiqada va Monteyro 79-daqiqada gol urdi.
  • Germaniya gollariga Ta 26-daqiqada, Gnabri 45+2-daqiqada hamda Virts 61 va 85-daqiqalarda mualliflik qildi.
  • Uchrashuvda Germaniya ilk bor Virtsning 61-daqiqadagi golidan so'ng oldinga chiqdi, ammo Monteyro hisobni tenglashtirganidan keyin Virts 85-daqiqada g'alaba golini urdi.

Terma jamoalar uchun ajratilgan mart oyidagi FIFA xalqaro o‘yinlar oynasi doirasida turli mamlakatlar o‘zaro o‘rtoqlik bahslarida maydonga tushmoqda. Ana shunday qiziqarli va gollarga boy uchrashuvlardan biri Shveytsariya hamda Germaniya terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.

Ushbu qarama-qarshilik haqiqiy futbol shouga aylandi. Har ikki jamoa ham hujumkor uslubda harakat qildi va muxlislarga tom maʼnoda tomoshabop o‘yin taqdim etdi. Yakunda esa Germaniya terma jamoasi dramatik tarzda g‘alabani qo‘lga kiritdi — 4:3.

Uchrashuv hisobini shveytsariyaliklar ochdi. 17-daqiqada Ndoye raqib darvozasini ishg‘ol qilib, jamoasini oldinga olib chiqdi. Biroq ortiqcha vaqt o‘tmay, nemislar javob qaytarishdi — Ta 26-daqiqada hisobni tenglashtirdi.

Birinchi bo‘lim so‘nggi daqiqalarida o‘yin yana qizib ketdi. 41-daqiqada Embolo Shveytsariyani yana oldinga olib chiqdi. Ammo bu ustunlik uzoqqa cho‘zilmadi — 45+2-daqiqada Gnabri hisobni yana tenglashtirdi.

Ikkinchi bo‘limda ham temp pasaymadi. 61-daqiqada iqtidorli yarim himoyachi Florian Virs Germaniyani ilk bor oldinga olib chiqdi. Shveytsariya esa 79-daqiqada Monteyro orqali hisobni 3:3 ko‘rinishiga keltirdi va intriga yana qaytdi.

Uchrashuvning haqiqiy qahramoni esa aynan Virts bo‘ldi. U 85-daqiqada yana bir gol urib, jamoasiga muhim g‘alabani taqdim etdi — 4:3.

Shveytsariya terma jamoasi tarkibida Kobel, Rodriges, Elvedi, Akandji kabi tajribali futbolchilar harakat qilgan bo‘lsa, Germaniya jamoasida Baumann, Kimmix, Gnabri va Xaverts kabi yulduzlar maydonga tushdi.

Shveytsariya – Germaniya 3:4

Gollar: Ndoye 17, Embolo 41, Monteyro 79 – Ta 26, Gnabri 45+2, Virts 61, 85

Shveytsariya: Kobel – Rodriges (Muxaym, 46), Elvedi (Djemert, 78), Akandji (Amenda, 62), Vidmer (Zakariya, 46) – Rider (Sanshesh, 62), Djaka (Yashari, 46), Froyler (Syerro, 78) – Ndoye (Ebisher, 78), Embolo (Monteyro, 62), Vargas (Manzambi, 46)

Germaniya: Baumann – Raum, Shlotterbek, Ta, Kimmix – Goreska (Shtax, 80), Shtiller (Gross, 80) – Virts, Gnabri, Sane (Karl, 63) – Xaverts (Voltemade, 63)

Qisqasi, bu o‘yin oddiy o‘rtoqlik uchrashuvidan ko‘ra ko‘proq rasmiy turnir finaliga o‘xshadi. Har ikki jamoa ham yuqori darajadagi futbol namoyish etdi, ammo kichik detallar Germaniyaga g‘alaba olib keldi.

Bunday o‘yinlar shunchaki statistika uchun emas — ular jamoalarning kelgusi musobaqalarga qay darajada tayyor ekanini yaqqol ko‘rsatib beradi. Germaniya bu g‘alaba bilan o‘z salohiyatini yana bir bor namoyish qildi, Shveytsariya esa mag‘lubiyatga qaramay, kuchli raqib ekanini isbotladi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar