06:00 / 14.12.2019
2 962

Fuqarolik kodeksiga o‘zgartish kiritildi

Fuqarolik kodeksiga o‘zgartish kiritildi
“Ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi. ​

Qonunga muvofiq, tadbirkorlik sub’ektlarini tugatish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan bir qator qonun hujjatlariga tegishli o‘zgartishlar kiritildi.

Jumladan, Fuqarolik kodeksiga kiritilgan o‘zgartishga ko‘ra, yuridik shaxs moliya-xo‘jalik faoliyati amalga oshirilmaganligi sababli harakatsiz rejimga o‘tkazilgan paytdan boshlab 3 yil ichida faoliyat tiklanmagan taqdirda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning qaroriga ko‘ra tugatilishi mumkin (NNTlar bundan mustasno).

Amalda 6 oy mobaynida (savdo va savdo-vositachilik korxonasi esa – 3 oy mobaynida) moliya-xo‘jalik faoliyati amalga oshirilmagan va (yoki) davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab 1 yil ichida ustav fondi shakllantirilmaganda sudning qaroriga muvofiq tugatiladi.

Shuningdek, yuridik shaxs bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektini ixtiyoriy ravishda tugatish to‘g‘risidagi e’lon ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan uning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.

(Amalda Kodeksda ushbu talab nazarda tutilmagan).
Ushbu Qonun 2020 yil 1 yanvardan e’tiboran kuchga kiradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Fuqarolik kodeksiga o‘zgartish kiritildi