11:53 / 20.12.2019
2 553

Sahovat tadbirlari davom etmoqda

Sahovat tadbirlari davom etmoqda
Majburiy ijro byurosining Mirobod tumani bo‘limi xodimlari tomonidan aholi orasida kommunal to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lab berishlari xaqida tushintirish ishlari olib borilmoqda.
Ushbu tadbirlarda mahallalarda yashovchi kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga har kim o‘z imkoniyati darajasida yordam berish har kimning fuqorolik burchi ekanligi ham tushuntirilmoqda va bu albatta o‘z samarasini bermoqda.

Ushbu o‘tkazilgan targ‘ibot ishlari natijasida Mirobod tumani Oltinko‘l ko‘chasida yashovchi Mashrabov va uning oila a’zolariga, Parvona ko‘chasida yashovchi N.Sayfutdinova va uning oila a’zolariga, Oq yo‘l ko‘chasida yashovchi U.Ashurov va uning oila a’zolariga, Qo‘yliq ko‘chasida yashovchi Satimbayev va uning oila a’zolariga, Bayot ko‘chasida yashovchi Berdiyeva va uning oila a’zolariga, Sarakul 1 tor ko‘chasida yashovchi Morozova va uning oila a’zolariga, F.Yo‘li ko‘chasida yashovchi Tojiyev va uning oila a’zolariga kam ta’minlanganligi hamda ijtimoiy himoyaga muxtojligi sababli homiylar tomonidan ularning tabiiy gazdan vujudga kelgan jami 9 mln. 116 ming so‘m qarzdorligi beg‘araz qoplab berildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sahovat tadbirlari davom etmoqda