Tramp ogohlantirdi: Eronni qo‘llagan davlatlarga 50 foizlik boj

Donald Tramp Eron atrofidagi vaziyat yuzasidan keskin bayonot bilan chiqdi. Uning ta’kidlashicha, Eronni harbiy texnika va qurol-yarog‘ bilan ta’minlayotgan davlatlarga nisbatan jiddiy iqtisodiy choralar qo‘llaniladi.
AQSH rahbariga ko‘ra, bunday davlatlardan Amerika bozoriga olib kiriladigan barcha mahsulotlarga darhol 50 foizlik boj to‘lovi joriy etiladi. Bu qaror hech qanday istisno yoki imtiyozlarsiz amal qiladi.
“Eronni harbiy jihatdan qo‘llab-quvvatlayotgan har qanday mamlakatga nisbatan qat’iy choralar ko‘riladi. AQSH bozoriga kiritiladigan barcha tovarlarga 50 foizlik ta'rif qo‘yiladi va bu borada hech qanday yengillik berilmaydi”, — deya bayonot berdi u.
Mutaxassislar fikricha, mazkur qaror xalqaro savdo munosabatlariga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi va ayrim davlatlar o‘rtasida iqtisodiy taranglikni kuchaytirishi mumkin.
Shu bilan birga, tahlilchilar bu kabi choralar Eron bilan hamkorlik qilayotgan davlatlar uchun qo‘shimcha bosim vositasi sifatida xizmat qilishini ta’kidlamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!