date

Erdo‘g‘on AQSh va Eron o‘rtasidagi vaqtinchalik tinchlikni olqishladi

Erdo‘g‘on AQSh va Eron o‘rtasidagi vaqtinchalik tinchlikni olqishladi

Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on AQSh va Eron o‘rtasida o‘rnatilgan vaqtinchalik tinchlikdan mamnunligini bildirdi.

Erdo‘g‘on bu fikrlarini shaxsiy ijtimoiy tarmoq sahifasida e’lon qildi. U so‘zlarida kecha kechqurun mojaroda e’lon qilingan sulhni olqishlaganini, mintaqada 28 fevraldan beri davom etayotgan harbiy harakatlar fonida bunday kelishuvning ahamiyati katta ekanligini ta’kidladi.

Turkiya rahbari sulh shartlariga to‘liq rioya qilinishini, har qanday provokatsiya yoki sabotaj holatlariga yo‘l qo‘yilmasligini kutayotganini bildirdi. Shuningdek, u kelishuvga hissa qo‘shgan barcha davlatlarni, xususan do‘st va birodar Pokistonni samimiy tabrikladi.

Erdo‘g‘on mintaqada tez orada barqarorlik, osoyishtalik va tinchlik tiklanishiga umid bildirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Erdo‘g‘on AQSh va Eron o‘rtasidagi vaqtinchalik tinchlikni olqishladi