Jizzaxda yuz bergan avariya besh inson umriga zomin bo‘ldi

Jizzax viloyatining Forish tumanida yuz bergan og‘ir yo‘l-transport hodisasi oqibatida besh kishi hayotdan ko‘z yumdi, deb Kun.uz xabar berdi. Hodisa 4-aprel kuni soat 16:05 atrofida "Jizzax–Bog‘don–Qizilcha" avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan.
Ma’lum qilinishicha, Navoiy viloyati Xatirchi tumanida yashovchi 27 yoshli U.B. boshqaruvidagi Nexia avtomashinasi quvib o‘tish qoidasini buzgan. Natijada u qarshi yo‘nalishda harakatlanayotgan, Forish tumanida yashovchi 35 yoshli B.A. boshqaruvidagi Cobalt bilan to‘qnashgan.
Fojia oqibatida har ikki haydovchi hamda Nexia avtomobilida bo‘lgan 54 yoshli Xitoy fuqarosi voqea joyida halok bo‘lgan.
Cobalt avtomobilidagi ikki nafar yo‘lovchi esa shifoxonada vafot etgani ma’lum qilindi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing