08:12 / 23.12.2019
7 728

“Amirsoy”dagi narx-navolar ma’lum bo‘ldi

“Amirsoy”dagi narx-navolar ma’lum bo‘ldi
21 dekabr kuni Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida “Amirsoy” tog‘-chang‘i kurortining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ma’lum bo‘lishicha, bu yerga tashrif buyuruvchilar bolalar uchun 24 ming kattalar uchun 65 ming so‘m to‘lab kanat yo‘lida uchishi hamda tog‘-chang‘ida uchish uchun tashrif buyurishi mumkin.

Tog‘-chang‘i kurorti majmuasi hududida tyubing, piyoda sayohatlar, qorda yurish uchun maxsus turlar, chana va kvadrosiklda uchishlarni o‘z ichiga olgan ko‘ngilochar zona va maxsus bolalar o‘yin maydonchasi uchun alohida hududlar tashkil etilgan.

Majmuada oilaviy dam olish uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Xususan u yerda Shale deb nomlangan maxsus uychalar mavjud bo‘lib, ular 2 turga Shale Deluxe hamda Shale Suit 4 hamda 8 kishidan iborat bo‘lgan dam oluvchilarni sig‘dirish qobiliyatiga ega.

Ushbu Shale uylarda yashash narxi bir sutka uchun 4 dan 12 million so‘mni tashkil qiladi. Ushbu narxga nonushta kiritilgan, qo‘shimcha to‘lov amalga oshirilganda tushlik hamda kechki ovqat ham kiritilishi mumkin. Ma’lum bo‘lishicha, narxlar talab hamda mavsumga qarab o‘zgarib boradi.

Mazkur dam olish maskanining "uy"larida oilaviy yoki do‘stlar davrasida dam olish istagida bo‘lganlar 95 410 4444 telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib, 100 foiz to‘lov amalga oshirgan holda oldindan bron qilish imkoni mavjud. Jami maskanda 40 ta Shale Deluxe hamda Shale Suit uylari barpo etilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov narxlar MDH davlatlari bilan solishtirganda juda raqobatyubardosh va arzon ekanligini hamda majmua egalari bilan ushbu maskanda imkoniyati cheklanganlarning dam olishlari uchun imkoniyatlar yaratilishini qayd etdi.

Tashkilotchilar transport masalasiga ham yechim topgan, temir yo‘llar bilan kelishgan holda elektro poyezd yo‘lga qo‘yilgan, “O‘zavtoyo‘l” bilan kelishib “Amirsoy”ga kirish joyigacha mikroavtobus qatnovini yo‘lga qo‘ygan.

Qayd etish joizki, hududda Avstriyaning “Doppelmayr Seilbahnen GmbH” kompaniyasi tomonidan ikki zamonaviy dor yo‘li qurildi, uning uzunligi 2 193 m bo‘lib, o‘tkazuvchanlik qobiliyati soatiga 2 400 kishini tashkil etadi. Qishki dam olish zonasida Argentina, Ispaniya va Daniya mutaxassislari nazorati ostida turli murakkablikdagi 15 km uzunlikdagi tog‘-chang‘i yo‘llari qurildi.

Ularning 4 tasi kurortning eng yuqori nuqtasidan boshlanadi va eng uzun trassa 3 550 metrni tashkil etadi. Sun’iy qor ishlab chiqarish tizimi esa chang‘i mavsumini noyabrdan aprel oyigacha uzaytirishga xizmat qiladi. Qishki sport o‘yinlari ishqibozlari, chang‘ichilar va snoubordchilar uchun har qanday darajadagi yo‘llar mavjud bo‘lib, ularning tog‘-chang‘i sporti bilan shug‘ullanishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Amirsoy”dagi narx-navolar ma’lum bo‘ldi