“Zveropolis” animasion filmining kassa yig‘imi 1 milliard dollardan oshib ketdi

  • 06 iyun 2016, 22:45
  • 5 466
  • Madaniyat
  • “Zveropolis” animasion filmining kassa yig‘imi 1 milliard dollardan oshib ketdi

    Disney animasion studiyasi tomonidan suratga olingan “Hayvonlar shahri” (Zveropolis) filmining jahon kinobozoridagi kassa yig‘imi 1 milliard dollardan oshib ketdi va 2016 yildagi “Birinchi qasoskor: Qarshilik” (Pervыy mstitel: Protivostoyanie) filmidan keyingi ikkinchi o‘rinni egalladi, deyiladi "Kun" nashrida.

    Shuningdek, “Hayvonlar shahri” (Zveropolis) Disney studiyasining “Muzyurak” (Xolodnoe serdse, 1.277 milliard), Illumination Entertainment studiyasining “Minionlar” (Minionы, 1.159 milliard) va Pixar studiyasining "O‘yinchoqlar hikoyasi 3" (Istoriya igrushek 3, 1.063 milliard ) animasion filmlaridan keyin inflyasiya qiymati hisobisiz tarixda 1 milliard dollardan oshgan to‘rtinchi eng kassabop multfilmga aylandi.

    “Hayvonlar shahri” (Zveropolis) o‘n etti hafta ichida mahalliy kinobozorda 337.2 million va xalqaro kinobozorida 662.8 million dollari miqdoridagi mablag‘ni yig‘a oldi.

    Endilikda Disney animasion studiyasi 26ta filmidan 11tasi milliardlar keltirgan elita klubi a’zosi bo‘lganligidan fahrlansa arziydi.

    » » “Zveropolis” animasion filmining kassa yig‘imi 1 milliard dollardan oshib ketdi