date

SSV tibbiyot xodimlari uchun imtiyozli ipoteka dasturini e’lon qildi

SSV tibbiyot xodimlari uchun imtiyozli ipoteka dasturini e’lon qildi

Sog‘liqni saqlash vazirligi (SSV) davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yil mehnat stajiga ega bo‘lgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun imtiyozli ipoteka kreditlari berish tartibini belgilovchi yangi hujjat loyihasini taqdim qildi. Bu tashabbus davlat xizmatchilarini uy-joy bilan ta’minlashda qo‘l keladi va ularning ijtimoiy sharoitini yaxshilashga qaratilgan.

Eslatib o‘tsak, 2025 yil 9 noyabrdagi PQ–336-son qaroriga asosan, davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yil ish stajiga ega xodimlar uchun uy-joy sotib olishda dastlabki badalning 25 foizi Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamg‘armasi tomonidan qoplab berilishi belgilangan edi. Yangi loyiha esa bu jarayonni yanada tizimli va aniq tartibga soladi.

Loyihaga ko‘ra, ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya har yili chorak asosida teng miqdorda ajratiladi. Ariza berish jarayoni davlat xizmatlari markazlari orqali yoki YAIDXP tizimi orqali onlayn amalga oshirilishi mumkin. Bir JSHSHIR uchun bir chorakda faqat bitta ariza qabul qilinishi ta’minlanadi.

Arizalarni saralashda yagona mezon qo‘llanadi: ariza beruvchining davlat tibbiyot muassasasida ishlayotganligi va kamida 15 yil stajga ega ekanligi tasdiqlanishi shart. Avval ushbu imtiyozdan foydalanganlar qayta ishtirok eta olmaydi. Chorakning oxirgi ish kuni soat 14:00 da arizalar avtomatik tarzda yopiladi.

Subsidiya egalari random tanlov orqali aniqlanadi. Tanlov har chorakning oxirgi ish kuni soat 16:00 da onlayn o‘tkaziladi va random.org sayti orqali SSVda tashkil etilgan ishchi komissiya ishtirokida 125 nafar g‘olib tasodifiy tarzda belgilanadi. Har chorakda g‘oliblarga olti oy davomida Dasturiy ta’minot tizimi orqali ipoteka asosida uy-joy berish hujjatlari taqdim etiladi.

Bu dastur tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun uy-joy bilan ta’minlashda tarixiy imkoniyat sifatida baholanmoqda va ularning ijtimoiy qiymatini sezilarli darajada oshiradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » SSV tibbiyot xodimlari uchun imtiyozli ipoteka dasturini e’lon qildi