date

45 yoshni qarshi olgan Gulsanamning hayotidagi muhim voqealar

45 yoshni qarshi olgan Gulsanamning hayotidagi muhim voqealar

Xonanda Gulsanam Mamazoitova 22 mart kuni 45 yoshni qarshi oldi. U 1981 yil 22 martda Farg‘ona shahrida tavallud topgan.

San’atga bo‘lgan muhabbatining shakllanishida uning akasi Otabek Muhammadzohid muhim o‘rin tutgan. Xonandaning aytishicha, aynan akasi uning ovozidagi o‘ziga xoslikni ilg‘ab, qo‘shiq aytishga bo‘lgan qiziqishini oshirgan.

Gulsanam oilada kenja farzand bo‘lib, uning Go‘zalxon ismli opasi ham bor. U bir intervyusida bolalik xotiralariga to‘xtalib, “Onamiz bizlarni yolg‘iz o‘zi, otasiz katta qilgan. Ota mehrini deyarli his qilmaganmiz”, deya samimiy fikr bildirgan.

Xonandaning turmush o‘rtog‘i ham san’at sohasi vakili hisoblanadi. Ularning Mohijahonbegim va Abdug‘affor ismli farzandlari bor.

Ijodiy faoliyati davomida Gulsanam Mamazoitova qator mukofotlarga sazovor bo‘lgan. Jumladan, u 2006 yilda “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist”, 2013 yilda esa “O‘zbekiston xalq artisti” unvonlarini qo‘lga kiritgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » 45 yoshni qarshi olgan Gulsanamning hayotidagi muhim voqealar