Feruza Normatova turmush o‘rtog‘i va qaynonasidan qanday hayitlik oldi?

Feruza Normatova turmush qurganidan keyingi ilk Ramazon hayitini Xorazmda nishonladi. U bayramda milliy kelinlik libosida mehmonlarni kutib olib, an’anaviy xorazmcha kelin salom qildi. Aktrisa turmush o‘rtog‘idan katta atirgul guldastasi, qaynonasidan esa qimmatbaho tilla sovg‘a oldi. Bayram lavhalari muxlislar orasida katta qiziqish uyg‘otdi.
Aktrisa Feruza Normatova turmush qurganidan keyingi ilk Ramazon hayitini Xorazmda katta shukuh bilan nishonladi. U o‘zining Instagram sahifasida bayramdan olingan yorqin va samimiy lavhalarni muxlislari bilan bo‘lishdi.
Videolarda aktrisaning milliy kelinlik libosida bayramona bezatilgan dasturxon atrofida mehmonlarni kutib olayotgani, mehmonlarga an’anaviy xorazmcha kelin salom qilgani aks etgan. Shuningdek, u yaqinlari davrasida quvonchli onlarni o‘tkazib, o‘yin-kulgu qilgani ham tasvirlarda ko‘rinadi.
Feruza Normatova ilk hayitlik sovg‘alarini ham muxlislariga namoyish etdi. U joylagan videolardan birida turmush o‘rtog‘idan juda katta va nihoyatda chiroyli atirgul guldastasini qabul qilib olgani aks etgan. Aktrisa ushbu post ostiga samimiy tilaklarini yozib qoldirgan:
“Yorimdan hayitlik, mashaalloh. Siz meni xursand qildingiz, Alloh sizdan ikki dunyoda rozi bo‘lib, dunyo va oxiratda xursand qilsin.”

Yana bir videoda esa uning mehribon qaynonasidan qimmatbaho tilla sovg‘a olgani tasvirlangan. Bu hayitlik sovg‘alar Feruza Normatova uchun unutilmas lahzalarga boy bo‘ldi.
Mazkur lavhalar ijtimoiy tarmoqlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Muxlislar aktrisaga samimiy tilaklar bildirib, uning baxtiga havas qilayotganini yashirmadi.































Izohlar 0
…