“Nihol” mukofoti sovrindori Umidaxonning ijodida yangiliklar bisyor. Xonanda yangi qo‘shiq va klip ustida ish boshlaganini "Qalampir.uz" nashriga ma’lum qildi.
Xonandaning “Safsata” nomli yangi qo‘shig‘i she’ri va musiqasi uning eski hamkori Eldor Qayumovga tegishli. Musiqiy sayqalni esa Jasur Badalboyev bergan.
“Biroz tanaffus qildim. Qo‘shimlarimni taqdim etish fursatini kutdim. Chunki ko‘p qo‘shiqlarda bir xillik ko‘zga tashlanyapti. Ijodda yangilik qilish har qachongidan ham qiyin bo‘lib ketyapti. “Safsata” nomli yangi qo‘shig‘im ijodimda burilishga sabab bo‘lmasada, o‘z yo‘nalishda muxlislarimga manzur bo‘ladi, degan umiddaman”, deydi Umidaxon.
Ayni damda O‘zbekiston davlat konservatoriyasining 3-bosqichida tahsil olayotgan Umidaxon bilan suhbatni diktafonga yozishning imkoni bo‘lmadi. Bunda unumli fodalangan xonanda ijodi va shaxsiy hayotiga oid savollarga tortinmay javob berdi. Xonanda so‘nggi vaqtlarda o‘zi haqida tarqalgan gap-so‘zlarga e’tibor qaratar ekan, turmushga chiqishi bilan bog‘liq savollarni ham chetlab o‘tmadi.
“Nasib qilsa, vaqt-soati etganda, albatta, turmush quraman. Har holda hayotimdagi bunday quvonchli voqeani muxlislarimdan yashirishni niyat qilmaganman. Ammo hali yana biroz vaqt borday, nazarimda. Loaqal o‘qishni bitirib olay, uy yumushlari, ro‘zg‘or ishlariga vaqt ajrata olishga imkon topay, so‘ng turmushga chiqaman. Allaqachon turmush qurgan yoki to‘y kuni aniq ekan, degan gaplarni eshitsam, to‘yimga o‘zimni ham aytarsilar, deb qo‘yaman(kulib)”.
Darvoqe, xonandaning yangi “Safsata” nomli qo‘shig‘iga klipni Dilmurod Agzamov va Rustam Murodov suratga olishga. Unda rollarni xonandaning do‘stlari aktyor Sherzod Saydialiev va aktrisa Ziyoda Xudoyqulova ijro etishgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi