“3rd Rock multimedia” prodyuserlik kompaniyasi Hindistonda katta mavqega ega bo‘lib, bir qator taniqli hind san’atkorlari bilan hamkorlik qiladi. Ushbu kompaniya tomonidan suratga olinadigan videomahsulotlar “YouTube”dagi 30 mln. kishiga yaqin a’zolari bo‘lgan “T-Series” kanalida namoyish etiladi.
Kompaniyaning marketing bo‘limi rahbari janob Raj Surining ta’kidlashicha, hindistonlik qo‘shiqchilarning kliplarini O‘zbekistonda suratga olish, mamlakat turizmi rivojiga o‘zining ijobiy ta’sirini o‘tkazishi mumkin. Bu haqda “O‘zbekkino” MA axborot xizmati xabar berdi.
Mumbayning “Dimaz Agastyaa Productions Private Limited” kinokompaniyasi esa 1990 yillardan boshlab MDH mamlakatlari bilan sayyohlik, yuk tashish va filmlar suratga olish sohalarida hamkorlik qilib kelmoqda. Ushbu kinokompaniya vakillari Hindistonning sobiq Bosh vaziri Lal Bahodur Shastrining hayotiga bag‘ishlangan qisqa metrajli filmning ba’zi lavhalarini O‘zbekistonda suratga olish taklifini bildirishmoqda.
Mazkur film Lal Bahodur Shastrining hayoti va faoliyatini o‘rganayotgan yosh jurnalist haqida bo‘lib, unda “Toshkent shartnomasi” va Lal Bahodur Shastrining Toshkent shahridagi vafoti haqida hikoya qilinadi.
Uchrashuvda har ikki masala yuzasidan atroflicha muhokamalar olib borildi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi