O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 21 noyabrdagi qaroriga ko‘ra, Toshkent davlat stomatologiya instutining Andijon, Buxoro, Samarqand va Nukus filiallari qisqartiriladi, deb xabar bermoqda Uzbekistan Today.
Ushbu filiallar ikki yil avval Toshkent davlat stomatologiya instituti yaratilishi jarayonida Andijon, Buxoro, Samarqand tibbiyot institutlarining stomatologiya fakultetlari va Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Nukus filiali negizida yaratilgandi.
Biroq tajriba ushbu filiallarning keyingi rivojlanishi samarasiz va mutaxassislarni sifatli tayyorlashni ta’minlashga qodir bo‘lmagan loyiha ekanligini ko‘rsatdi.
Qarorga ko‘ra, filiallar avval ajrab chiqqan oliy ta’lim muassasalari tarkibiga yana fakultetlar sifatida kiritiladi.
Bugungi kunda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi qisqartirilayotgan filiallarda tahsil oluvchi talabalarni tegishli stomatologik fakultetlarga o‘tkazish bilan mashg‘ul.
Shakllantirilayotgan fakultetlarni tugatilayotgan filiallar xodimlari safidan malakali pedagoglar va boshqa xodimlar bilan kuchaytirish bo‘yicha ishlar davom etmoqda.
Qisqartirilayotgan filiallarning bino, inshoot, qurilmalari, inventari, o‘quv va metodik adabiyotlari, hujjatlari, boshqa mol-mulki va mablag‘lari fakultetlar hisobiga o‘tkaziladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi