6 805
Shavkat Mirziyoyev va Petro Poroshenko o‘zaro hamkorlik masalalarini muhokama qildi
O‘zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan Ukraina Prezidenti Petro Poroshenko o‘rtasida Ukraina tomonining tashabbusi bilan 2016 yil 13 dekabr kuni telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Kun.uz xabar berdi.
Ukraina Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishonchli tarzda g‘alaba qozongani bilan samimiy tabriklagan.
Prezidentlar turli sohalarda O‘zbekiston bilan Ukraina munosabatlarining bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama etib, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashgan.
Davlat rahbarlari O‘zbekiston va Ukraina o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli munosabatlarni, avvalo, savdo-iqtisodiy sohadagi aloqalarni kengaytirish yo‘lida birgalikda harakat qilishga, bunda ikki davlatning mavjud imkoniyatlarini to‘la ishga solishga kelishib olishgan.
Petro Poroshenko Shavkat Mirziyoyevni o‘ziga qulay vaqtda Ukrainaga tashrif bilan kelishni taklif qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Ukrainada urushning 801-kuni: Odessadagi yong‘inlar va Chasiv Yar atrofida jang qilayotgan «Vampir»
O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi?
Messi amerikaliklarni hayratga solishda davom etmoqda
Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi”