Foto: Prezident matbuot xizmati.
«Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish jarayonlarini samarali tashkil etishning qo‘shimcha choralari to‘g‘risida»gi Prezident Qarori (PQ-165-son, 29.04.2024 y.) qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining markaziy apparati tuzilmasida, O‘zbekistonning ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlari hamda budjet tizimi budjetlari hisobidan moliyalashtiriladigan dasturlarga muvofiq qiymati 10 milliard so‘mdan yuqori bo‘lgan obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha tayyorlangan loyiha-smeta hujjatlarini ko‘rib chiqish vakolatiga ega loyiha ofisi tashkil etiladi.
Shuningdek, quyidagi tartiblar o‘rnatiladi:
- 2025 yil 1 yanvardan loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish va obyektlarni foydalanishga qabul qilishda qurilish xarajatlarni baholashning «hajm» uslubiga (hajm va sifat ko‘rsatkichlarini hisobga olishga) o‘tiladi;
- 2024 yil 1 iyuldan obyektlarning smeta qiymati «Qurilish resurslari milliy klassifikatori» elektron platformasi ma’lumotlari asosida shakllantiriladi;
- 2024 yil 1 oktyabrdan qurilishi tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilish jarayoni raqamlashtirilgan holda, «Shaffof qurilish milliy axborot tizimining «Qurilishda davlat nazorati» elektron platformasi orqali rasmiylashtiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Kolumbiya prezidenti Netanyaxuni hibsga olishga chaqirdi
D vitamini dozasini oshirib yuborishning xavfli oqibatlari
Surxondaryo viloyatida ayiq IIB xodimiga jarohat yetkazdi
Erdo‘g‘on davlat to‘ntarishi ehtimoli sababli tunda favqulodda yig‘ilish o‘tkazdi
“Roma” Shomurodov uchun yana 8 million yevro xarajat qiladi!
Ukraina harbiy bo‘linmalari Xarkiv viloyatidagi yangi pozitsiyalarga o‘tkazildi
Xavi katta umidlar bilan olib kelingan yulduzni nega o‘ynatmaganini aytdi