9 117
Toshkent xalqaro aeroporti va boshqa qator ob’ektlarga Islom Karimov nomi beriladi
Toshkent xalqaro aeroportiga, shuningdek, mamlakatning har bir hududidagi markaziy ko‘chalarga Islom Karimov nomi beriladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 25 yanvar kuni imzolangan «O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida»gi qarorda ko‘rsatib o‘tilgan, deb yozmoqda «Daryo» nashri.
Qarorga muvofiq, quyidagilarga O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimovning nomi beriladi:
- Toshkent davlat texnika universitetiga;
- Asaka shahridagi avtomobil zavodiga;
- Farg‘ona shahridagi San’at saroyiga;
- Toshkent xalqaro aeroportiga;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardagi markaziy ko‘chalarga (mahalliy davlat hokimiyati organlari takliflari asosida).
Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasiga oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasini joriy etish, Islom Karimovning hayoti va faoliyati haqida ilmiy va badiiy asarlar, hujjatli va badiiy filmlar yaratish, Islom Karimov siymosi aks ettirilgan maxsus pochta markalarini chiqarish chora-tadbirlarini ko‘rish haqida ham topshiriq berilgan.
Avvalroq Shavkat Mirziyoyev tomonidan 25 yanvarda imzolangan qaror bilan har yili O‘zbekiston Birinchi Prezidenti tavallud topgan sana – 30 yanvar kunini keng nishonlash, 2-sentyabr kunini esa Xotira kuni sifatida yod etish belgilangani haqida xabar berilgan edi.
Qaror «xalqimizning samimiy tilaklari va xohish-irodasidan kelib chiqib, ona Vatanimiz mustaqilligi, el-yurtimiz ravnaqi yo‘lidagi buyuk tarixiy xizmatlarini inobatga olib, O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti, O‘zbekiston Qahramoni Islom Abdug‘anievich Karimovning yorqin xotirasini abadiylashtirish maqsadida» qabul qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi