22:11 / 25.01.2017
14 083

O‘zbekistonda 2 sentyabr har yili Islom Karimov Xotira kuni sifatida yod etiladi

O‘zbekistonda 2 sentyabr har yili Islom Karimov Xotira kuni sifatida yod etiladi

Islom Karimov vafot etgan sana — 2-sentyabr har yili Birinchi Prezident Xotira kuni sifatida yod etiladi. Islom Karimov tavallud topgan sana — 30 yanvar esa har yili keng nishonlanadi, deb yozadi «Daryo» nashri.

Bu O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 25 yanvar kuni imzolangan «O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida»gi qarorda belgilab qo‘yilgan.

Qaror «xalqimizning samimiy tilaklari va xohish-irodasidan kelib chiqib, ona Vatanimiz mustaqilligi, el-yurtimiz ravnaqi yo‘lidagi buyuk tarixiy xizmatlarini inobatga olib, O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti, O‘zbekiston Qahramoni Islom Abdug‘anievich Karimovning yorqin xotirasini abadiylashtirish maqsadida» qabul qilingan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda 2 sentyabr har yili Islom Karimov Xotira kuni sifatida yod etiladi