18:59 / 14.02.2017
8 444

Sobiq UzGazOil AYoQShlarining bir qismi “LUKOYL”ga o‘tishi mumkin

Sobiq UzGazOil AYoQShlarining bir qismi “LUKOYL”ga o‘tishi mumkin

Avvalroq, “LUKOYL” neft kompaniyasi Toshkent shahrida avtomobillarga yonilg‘i quyish shahobchasini ochayotgani haqida xabar bergan edik. Rossiyaning “LUKOYL” neft kompaniyasi O‘zbekistonda ochilajak yoqilg‘i quyish shahobchalari sonini kengaytirishni mo‘ljallamoqda. Bu haqda Rossiya kompaniyasining vakili xabar bergan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, “UzGazOil” AYoQSh tarmog‘i tegishli bo‘lgan “O‘zbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasi shahobchalar faoliyatiga o‘zgartirish kiritish istagida “LUKOYL” ularning bir qismini sotib olishi mumkin.

Toshkent shahridagi Chkalov nomidagi aviasiya ishlab chiqarish birlashmasiga yaqin hududda joylashgan shahobchada dizel yoqilg‘isi, AI-92, AI-95 va EURO-5 standariga mos benzin sotilishi ma’lum qilingan edi.

Shuningdek, bu shahobchada mijozlar uchun bir qator interaktiv xizmatlar yo‘lga qo‘yilishi mo‘ljallangan. Ular qatorida shinalarni shishirish, tozalash, sanuzel, mobil uskunalarni quvvat oldirish, bepul Wi-Fi imkoniyatlarini keltirish mumkin.

Bundan oldinroq, “UzGazOil” AYoQShlar tarmog‘ining nomi Uzbekneftegaz’ga o‘zgartirilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Sobiq UzGazOil AYoQShlarining bir qismi “LUKOYL”ga o‘tishi mumkin