10:35 / 07.04.2017
10 215

Toshkentda 46 nafar fohisha qo‘lga tushdi

Toshkentda 46 nafar fohisha qo‘lga tushdi
Toshkent shahri milisiyasi fohishaxona saqlash va qo‘shmachilik qilish, fohishalik bilan shug‘ullanishning oldini olish maqsadida profilaktik tadbirlar o‘tkazishda davom etdi. Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi o‘tkazgan brifingda ma’lum qilinishicha, 30 martdan 6 aprelgacha bo‘lgan muddat davomida fohishaxona saqlash va qo‘shmachilik bilan bog‘liq jinoyatlar soni kamayishiga erishilganb, deb yozadi "Sof.uz" nashri.

O‘tkazilgan maxsus tadbirlarda 3ta fohishaxona saqlash va qo‘shmachilik qilish jinoyatlari aniqlanib, Jinoyat kodeksining 131-moddasi, ya’ni fohishaxona saqlash va qo‘shmachilik qilish alomatlari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.

Fohishalik bilan shug‘ullanib kelayotgan 46 nafar va jamoat joylarida spirtli ichimlik iste’mol qilgan 67 nafar shaxslarga nisbatan ma’muriy ta’sir choralari ko‘rilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkentda 46 nafar fohisha qo‘lga tushdi