Andijon shahar hokimi Dilmurod Rahmatullaev bir guruh talabalar, faol va iste’dodli o‘quvchilar bilan uchrashdi, deb xabar beradi O‘zAga tayanib "Daryo.uz" nashri.
Uchrashuvda asosiy e’tibor yoshlarning maqsad va intilishlarini rag‘batlantirish, muammolarini hal etishda davlat va jamoat tashkilotlari hamkorligini kuchaytirish, yoshlarni yot g‘oyalar ta’siridan asrash, bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka keng jalb etish masalalariga qaratildi.
Tadbirda Andijon shahridagi «Cho‘lpon» kinoteatri o‘rnida barpo etilayotgan «Yoshlar markazi» eng zamonaviy texnologik vositalar, jihozlar bilan ta’minlanib, kelgusida yoshlarning iste’dod va salohiyatini yuzaga chiqarishiga ko‘maklashadigan maskanga aylanishi ta’kidlandi.
«‘Kamolot’ yoshlar ijtimoiy harakati faoliyatini takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha tayyorlanayotgan hujjat loyihasi muhokama qilindi. Loyihada harakat faollari uchun qator imtiyoz va imkoniyatlar berish belgilangani yoshlar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi», — deyiladi O‘zA axborotida. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi