12:13 / 02.06.2017
8 920

Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga keldi

Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga keldi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, investisiya loyihalari ijrosining borishi bilan yaqindan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 2 iyun kuni Andijon viloyatiga tashrif buyurdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Shavkat Mirziyoyev 2016 yil 1 noyabr kuni Andijon viloyati saylovchilari bilan uchrashuvda viloyat iqtisodiyotini yanada rivojlantirish, aholi farovonligini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli reja va maqsadlarni bayon qilgan edi.

Davlatimiz rahbari Andijonga tashrifi davomida ana shu rejalar, Harakatlar strategiyasi ijrosi, ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar va amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga keldi