22:59 / 06.08.2017
5 240

O‘zbekistonlik harbiylar Rossiya zenit qismidan ustun keldi

O‘zbekistonlik harbiylar Rossiya zenit qismidan ustun keldi
Rossiyalik harbiylar "ArMI-2017" xalqaro armiya o‘yinlarida 13 ta bosqichdan so‘ng etakchilik qilmoqda, deb xabar beradi tadbir Bosh hakami general-mayor Dmitriy Gorbatenko.

"O‘tgan sakkiz kun mobaynida tashkil etilgan tanlovlar natijasiga ko‘ra, Rossiya jamoasi 13 ta g‘oliblik bilan birinchi o‘rinda, undan keyingi o‘rinda 7 ta g‘alabani qo‘lga kiritgan Xitoy va uchinchi o‘rinda qozog‘istonlik harbiylar peshqadamlik qilmoqda", - deydi u.

Gorbatenkoning aytishicha, yakshanba kuni "Xavfsiz marshrut" tanlovi o‘z yakuniga etadi. "Biz Armiya o‘yinlarida eng murakkab tanlovlar bellashuvidan o‘tib, tadbir yakuniga yaqinlashib qoldik", - deb ta’kidlaydi Bosh hakam.

So‘nggi o‘tkazilgan bahslarda O‘zbekiston jamoasi rossiyalik zenitchilardan ustunroq keldi. Shunday qilib, Xitoy hududida o‘tkazilgan "Desant kuchlari" va "Musaffo osmon" tanlovlarida birinchi o‘rin Xitoyga nasib etdi.

4 avgust kuni e’lon qilingan tadbir umumiy reytingida o‘zbekistonlik harbiylar ikkita g‘oliblik o‘rni bilan ettinchi pog‘onada kelayotgan edi.


Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonlik harbiylar Rossiya zenit qismidan ustun keldi