09:14 / 23.01.2018
8 368

Shavkat Mirziyoyev: "Aqto‘bedagi voqeadan so‘ng butunlay o‘zgardim, endi boshqacha fikrlayman..."

Шавкат Мирзиёев: "Ақтўбедаги воқеадан сўнг бутунлай ўзгардим, энди бошқача фикрлайман..."
Shavkat Mirziyoyev 19-20 yanvar kunlari Surxondaryoda bo‘ldi. Tashrif davomida Prezident Aqto‘bedagi fojiaga bir necha bor to‘xtalgan. Dastlab Hakim at-Termiziy maqbarasini ziyorat qilish davomida qurbonlarning yaqinlariga hamdardlik bildirgan, deb yozmoqda Daryo nashri.

Mana, kecha bo‘lgan falokatlar ham ko‘p narsadan, jumladan, xalqimizning oldida qarzimiz juda-juda ko‘pligidan dalolat beradi. Odamlarimizga sharoit yaratmaganimiz uchun ular begona yurtlarga borib, ish qidirib yuribdi. Bu davlat rahbariyati, hamma tizimdagi rahbarlar eng katta xato va kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf qilmaganidan dalolat.

«Begona yurtlarda sarson-sargardon yurish» degan gap bekorga emas. U bechoralarning ham Xudodan umidi bor, ne umidlar bilan bolamni boqaman, otamga pul olib kelaman deb, yosh-yosh yigitlar ketyapti. Yosh-yosh yigitlar, deyishyapti… Hammasi mo‘min-musulmonlar, hammasi o‘zbekistonliklar.

Albatta, biz juda katta qayg‘udamiz. Ota-onalariga ham hamdardlik yubordik.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti


19 yanvar kuni Surxondaryoning Qiziriq tumanida hukumat rahbarlari va viloyat faollari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tgan. Yig‘ilish Aqto‘beda halok bo‘lgan 52 o‘zbekistonlik xotirasi uchun bir daqiqalik sukut bilan boshlangan. Tadbirda qatnashgan surxondaryolik faollardan biri — Nargis Qoraboyeva yig‘ilishning ba’zi tafsilotlarini Facebook’dagi sahifasida e’lon qildi.

«Prezidentimiz so‘zlarining boshidanoq Qozog‘istonda halok bo‘lgan vatandoshlarimiz haqida gapirdilar… To‘rt soatdan ziyod davom etgan yig‘ilishda, taxminimcha, 10 martaga yaqin ushbu voqeani takror-takror gapirdilar», — deydi Nargis Qoraboyeva.

Shuningdek, surxondaryolik faol Prezidentning so‘zlaridan quyidagicha iqtibos keltirgan: «Ikki kundan beri hali ham o‘zimga kela olmayapman. Namanganga borsam, ularning ota-onalariga nima deb javob beraman? Agar oyog‘imiz yerdan uzilmay ishlaganimizda, bunday hodisalar ro‘y bermasdi. Bu voqeadan so‘ng butunlay o‘zgardim, endi boshqacha fikrlayman».

Ma’lumot uchun, Aqto‘beda halok bo‘lgan 52 o‘zbekistonlikning 31 nafari Namangan, 16 nafari Farg‘ona, 2 nafari Andijon viloyatidan. Yana bir kishi Surxondaryodan, ikki kishi Toshkent shahridan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev: "Aqto‘bedagi voqeadan so‘ng butunlay o‘zgardim, endi boshqacha fikrlayman..."