6 573
Prezident poraxo‘r prokurorlar haqida: «Tuman prokurori bo‘lish narxi 40 ming dollar edi»
Prezident Samarqand viloyatiga xorijiy investitsiyalarni olib kirish bo‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirilishi kerakligini uqdirdi. O‘zbekiston rahbari Samarqand viloyatida xorijiy sarmoyadorlar uchun imkoniyatlar cheksizligini qayd etar ekan, Past Darg‘om tumanida o‘tkazilgan videoselektorda investorlarni kim topib keltirishiga doir fikrlarini bildirdi.
«Har bir tuman hokimi bir oyda 1 mln dollar olib kelmasa, unaqa hokimning nima keragi bor? Mana aeroport bor, hokimlar har oyda 15 kun Koreyaga, Xitoy, Malayziya, Indoneziyaga borsin. Bizga tumanga qorovul kerak emas. O‘zimizning uchastka nozirlarimiz bor. Mahallamiz bor», - deya prezidentning so‘zlarini keltirgan Kun.uz muxbiri.
Shavkat Mirziyoyev o‘z ma’ruzasida, shuningdek, xorijiy investorlarni qiynab kelayotgan muammolarga ham e’tibor qaratib, korrupsiyaga aralashgan amaldorni o‘sha kuni qamatishini ta’kidladi.
«Har bir tumanga xorijdan investitsiya olib kirish bo‘yicha muovin berdim. Natija yo‘q. O‘zi kelgan odamni ham sarson-sargordon qilasizlar, 10 foizini ber, 20 foizini ber. U zamon o‘tib bo‘ldi. Birorta odam korrupsiyaga aralashsa, o‘sha kuni qamattiraman. Kim bo‘lishidan qat’i nazar. Mana eshitayapsizlar, qancha odamni qamatvordim. Nega desangiz, poraxo‘r hammasi. Bosh prokurorni nega qamadim? Hammasi o‘g‘ri edi. Har bir tuman prokurori qanchadan pul berganini bulbuldek sayrab yotibdi turmada.
Samarqandda ham 7 tuman prokurori har oyda berib turgan. Har oyda 2 ming dollardan bergan, prokuror bo‘lish uchun 35-40 ming dollardan bergan. Tayloq tumani prokurori 40 ming bergan bo‘lsa, bu pulni qaytarishi uchun Tayloqni sotishi kerak-ku? Mana qanday vaziyatda yashaganmiz. Qonun ustuvor, jazo muqarrar. Men necha marta aytayapman. Xudo xayringlarni bersin. Endi halol ishlamasak, qo‘ymayman hech kimni.
Qo‘limiz kalta edi, bir-ikkita tashkilotlar bor edi. G‘o‘ddayib, atrofimizda poylab yurardi. O‘zlari eng katta o‘g‘ri edi. Bu ham haqiqat. Endi ishlash kerak. Mana biz sharoit qilib beryapmiz. Aravani tortish kerak», - dedi Shavkat Mirziyoyev. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi