5 749
Oʻzbekistonda shaxslarni chet elda ishga joylashtiruvchi xususiy agentliklar tashkil etiladi
Oʻzbekiston Respublikasi Xususiy bandlik agentliklari toʻgʻrisidagi Qonun Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
Qonunga koʻra fuqarolarni chet elda ishga joylashtirish boʻyicha faoliyat bilan endilikda, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi bilan bir qatorda xususiy bandlik agentliklari ham shugʻullanishi mumkin.
Qonunda ish qidirayotgan shaxslarni chet elda ishga joylashtirish boʻyicha xususiy bandlik agentliklari faoliyatini tartibga soluvchi normalar keltirilgan.
Xususan, xususiy bandlik agentliklari ish qidirayotgan shaxslarga ish tanlash va ishga joylashish boʻyicha, ish beruvchilarga kadrlar tanlash boʻyicha, shuningdek ishga joylashtirish sohasida axborot va maslahat xizmatlarini koʻrsatadi.
Bunda chet elda ish bilan taʼminlash boʻyicha faoliyat Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan beriladigan litsenziya asosida amalga oshiriladi.
Xususiy bandlik agentliklari xorijda ishga joylashtirish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish uchun ellik ming AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlarni Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamgʻarmasida zaxira qilib qoʻyadi.
Mazkur mablagʻlar litsenziya tugatilgan yoki bekor qilingan taqdirda qaytarib beriladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi