Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 24 mart kuni rasmiy tashrif bilan Birlashgan Arab Amirliklari poytaxti - Abu-Dabi shahriga joʻnab ketdi.
Shavkat Mirziyoyev 24-26 mart kunlari Abu-Dabi Amirligi valiahdi Muhammad bin Zoid Ol Nahayon taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan ushbu davlatda boʻladi.
Dasturga muvofiq, Shavkat Mirziyoyev Abu Dabi Amirligi valiahdi, Birlashgan Arab Amirliklari Qurolli kuchlari Oliy bosh qoʻmondoni oʻrinbosari Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon hamda BAA vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay amiri Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum bilan uchrashishi kutilmoqda.
Tashrif davomida koʻp qirrali ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, innovatsion, bank-moliya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi amaliy aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilinadi. Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashiladi.
Tashrif yakunida Oʻzbekiston Respublikasi va BAA oʻrtasida Qoʻshma bayonotni qabul qilish, investitsiyalar, moliya, qayta tiklanadigan energetika, sanoat va infratuzilmani rivojlantirish, qishloq xoʻjaligi, bojxona maʼmuriyatchiligi, mehnat resurslari, madaniyat va boshqa sohalardagi hamkorlikka oid ikki tomonlama hujjatlarni imzolash koʻzda tutilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Ukrainada urushning 801-kuni: Odessadagi yong‘inlar va Chasiv Yar atrofida jang qilayotgan «Vampir»
O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi?
Messi amerikaliklarni hayratga solishda davom etmoqda
Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi”