O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Pekin shahrida Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon bilan ham uchrashdi.
Prezidentlar keyingi yillarda sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarilgan ko‘p qirrali O‘zbekiston-Tojikiston hamkorligi rivojlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.
Savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikning aniq masalalari muhokama qilindi. O‘zaro savdo hajmini yanada oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Oliy darajadagi tashriflar davomida erishilgan kelishuvlar ijrosi ham ko‘rib chiqildi.
O‘tgan yil O‘zbekiston va Tojikiston munosabatlari rivojida tarixiy yil bo‘lgani, o‘zaro davlat tashriflari natijasida u strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgani alohida qayd etildi.
Bu boradagi ishlar natijasida ikki tomonlama tovar ayirboshlash hajmi sezilarli oshib, hududlararo va gumanitar aloqalar mustahkamlanib borayotgani ta’kidlandi.
Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon mamlakatlarimiz o‘rtasida do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash borasida intilishlari qat’iy ekanini ta’kidladilar. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi