15:03 / 01.07.2019
3 250

O‘zbekistonda hafta davomida qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekistonda hafta davomida qanday ob-havo kuzatiladi?
Gidrometeorologiya xizmati markazi 3 - 6 iyul kunlari uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 3 iyulda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 3 iyulda kechasi 18-23 daraja, kunduzi 33-38 daraja, 4-6 iyulda kechasi 20-25 daraja, kunduzi 35-40 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 3 iyulda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha, ba’zida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-4 iyulda 18-23 daraja, 5-6 iyulda 20-25 daraja, kunduzi 3 iyulda 31-36 daraja, 4-6 iyulda 35-40 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, 3 iyulda kechasi va ertalab ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. 4-6 iyulda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 3 iyulda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha, ba’zida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3 va 5-6 iyulda 20-25 daraja, 4 iyulda 18-23 daraja, kunduzi 3 iyulda 30-35 daraja, 4 iyulda 33-38 daraja, 5-6 iyulda 35-40 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 3 iyulda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha, ba’zida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3 va 5-6 iyulda 22-27 daraja, 4 iyulda 20-25 daraja, kunduzi 3 iyulda 33-38 daraja, 4-6 iyulda 35-40 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, 3 iyulda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, 4-6 iyulda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 3 iyulda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha, ba’zida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3 iyulda 19-24 daraja, 4-5 iyulda 18-23 daraja, 6 iyulda 20-25 daraja, kunduzi 3 iyulda 30-35 daraja, 4-6 iyulda 33-38 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, 3 iyulda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 4-6 iyulda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 3 iyulda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3 iyulda 14-19 daraja, 4-6 iyulda 11-16 daraja iliq, kunduzi 3-4 iyulda 18-23 daraja, 5-6 iyulda 25-30 daraja issiq bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda hafta davomida qanday ob-havo kuzatiladi?