06:00 / 07.08.2019
2 689

Abdulaziz Komilov Turkiya prezidenti bilan uchrashdi

Abdulaziz Komilov Turkiya prezidenti bilan uchrashdi
Anqara shahriga kelgan O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi rahbari – Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an tomonidan qabul qilindi.

Vazir davlatimiz rahbarining Turkiya prezidenti va birodar xalqiga yo‘llagan iliq salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Erdo‘g‘an o‘z navbatida O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi ikki tomonlama strategik sheriklik munosabatlarining hozirgi holati va istiqbollarini yuqori baholadi, davlatlarimiz va xalqlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarni sifat jihatdan yangi darajaga olib chiqish jarayonidagi Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbuslarining muhim rolini e’tirof etdi.

Suhbat chog‘ida oliy darajadagi uchrashuvlar hamda Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo aralash komissiya va Qo‘shma strategiyani rejalashtirish guruhining yig‘ilishlari natijasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoni yuzasidan fikr almashildi, ikki tomon kun tartibining boshqa jihatlari, xususan asosiy qo‘shma tadbirlarning jadvali ko‘rib chiqildi.

Joriy yilda Anqara shahrida O‘zbekiston va Turkiya rahbarlari raisligida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan Oliy darajadagi O‘zbekiston-Turkiya strategik hamkorlik kengashining birinchi yig‘ilishiga tayyorgarlik jarayoniga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuvda Oliy darajadagi muntazam O‘zbekiston-Turkiya muloqoti, ikki davlat rahbarlarining sa’y-harakatlari bilan shakllangan ishonch, o‘zaro hurmat va bir-birining manfaatlarini hisobga olish muhiti davlatlararo hamkorlikni yanada kengaytirish uchun mustahkam asos hisoblanishi qayd etildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Abdulaziz Komilov Turkiya prezidenti bilan uchrashdi