Oʻzbekiston Oliy sudi matbuot xizmati rahbari Aziz Abidov Oliy sudi raisining matbuot kotibi – axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi etib tayinlandi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati “Daryo”ga maʼlum qildi.
Lavozimga tayinlov Oʻzbekiston Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xulosasiga koʻra amalga oshirildi.
Aziz Abidov 1976-yili Toshkent shahrida tugʻilgan. 1998-yilda Toshkent Davlat universitetining jurnalistika fakultetini xalqaro jurnalistika mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.
Oliy sudi matbuot xizmatida 2005-yildan faoliyat yuritib keladi. Oliy sud raisining matbuot kotibi bir vaqtning oʻzida Oliy sud matbuot xizmati rahbari sanaladi.
Eslatib oʻtamiz, davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmati rahbarini lavozimga tayinlashni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi yoki uning hududiy boshqarmalari bilan kelishish, ularni attestatsiyadan oʻtkazish hamda ish samaradorligini baholash tartibi tasdiqlangan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi