O‘zgidromet 15—18 dekabr kunlari uchun ob-havo ma’lumotini taqdim etdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5—10 daraja sovuq, kunduzi 15—16 dekabrda 0—5 daraja iliq, 17—18 dekabrda 3—8 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 15—16 dekabrda 0—5 daraja sovuq, 17—18 dekabrda 2 daraja sovuq—3 iliq, kunduzi 15—dekabrda 3—8 daraja iliq, 16—17 dekabrda asta—sekin 8—13 daraja iliqqacha ko‘tariladi, 18 dekabrda 5—10 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Jizzax, Sirdaryo, Samarqand viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 15—16 dekabrda 0—5 daraja sovuq, 17—18 dekabrda 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq kunduzi 15 dekabrda 0—5 daraja iliq, 16—18 dekabrda asta-sekin 8—13 daraja iliqqacha ko‘tariladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 15—16 dekabrda 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq, 17—18 dekabrda 2—7 daraja iliq, kunduzi 15 dekabrda 5—10 daraja iliq, 16—18 dekabrda 10—15 daraja iliqgacha ko‘tariladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5—10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 15 dekabrda 2 daraja sovuq—3 daraja iliq, 16—18 dekabrda 0—5 daraja sovuq, kunduzi 15—16 dekabrda 0—5 daraja iliq, 17—18 dekabrda 3—8 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 15—16—dekabrda kechasi 5—10 daraja sovuq, kunduzi 2—7 daraja sovuq, 17—18 dekabrda kechasi 0—5 daraja sovuqqacha, kunduzi 2 daraja sovuq — 3 daraja iliqqacha ko‘tariladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi