23:20 / 20.01.2020
3 058

Shavkat Mirziyoyev: "Investorlar Prezidentga ishonib kelyapti. Bu — noto‘g‘ri!"

Shavkat Mirziyoyev: "Investorlar Prezidentga ishonib kelyapti. Bu — noto‘g‘ri!"
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining saylovdan keyingi birinchi majlisida so‘zga chiqqan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev deputatlarni investorlar manfaatlarini himoya qiluvchi qonunlar ishlab chiqishga chaqirdi.

- Birorta investor kelmaydi O‘zbekistonga, agar uning manfaatini himoya qiladigan mustahkam qonun bo‘lmasa, bo‘lmaydi bu ishlarimiz. Bugun Prezidentga ishonib kelyapti, bu noto‘g‘ri. Qonunga ishonib kelishi kerak. U Yevropadanmi, Amerikadanmi, Osiyodanmi, kompyuterini ochib, shunday qonun bor ekan O‘zbekistonda, men boraman, investitsiya kiritaman, deyishi kerak.

Kecha televizorda ko‘rgan bo‘lsalaring kerak, investitsiya shunchaga ko‘paydi, eksport shunchaga ko‘paydi, deyapti. Bu oson ish emas. Hech kim aytmayapti, bu qayerdan paydo bo‘lyapti, hali qonunlar yo‘q-ku?! Tasavvur qilinglar, investor ishonadigan, unga zamin bo‘ladigan sud-huquq organlari haqiqatan ham kafolat beradigan investitsiyaga qonun chiqarsalaring, sizlar chaqiriq berishlaring kerak dunyo investorlariga. Parlament himoya qiladi investitsiyalaringni, deb. Men roziman
, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev: "Investorlar Prezidentga ishonib kelyapti. Bu — noto‘g‘ri!"