Nima sababdan Tramp Eronga qarshi hujumlarni birdaniga kechiktirdi?

AQSh prezidenti Tramp Mudofaa vazirligiga Erondagi elektr stansiyalari va energetika infratuzilmasiga qarshi barcha harbiy zarbalarni 5 kun muddatga kechiktirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi. U bu qarorni hozirgi diplomatik muzokaralar va uchrashuvlar natijasiga bog‘liq ekanini ta’kidladi.
Eron yaqinidagi OAVlar ma’lum qilishicha, Tramp bilan hech qanday muzokaralar bo‘lmagan. Shu bilan birga, ular Tramp Eronning ehtimoliy javob zarbasidan qo‘rqib, orqaga chekingan, deb da’vo qilmoqda.
Kobuldagi Eron elchixonasi xabariga ko‘ra, qat’iy ogohlantirishdan so‘ng Tramp energetika inshootlariga hujum qilish rejasidan voz kechdi. Eron Milliy xavfsizlik va tashqi siyosat komissiyasi vakili Ibrohim Rezoiy: “Jang davom etmoqda… va yana bir bor ‘shayton’ mag‘lub bo‘ldi”, – dedi. Tashqi ishlar vazirligi esa Vashington bilan hech qanday muzokaralar yo‘qligini bildiradi va Tramp mintaqada vaziyatni tinchlashtirishga urinayotganini ta’kidlaydi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!