date

Nyu-Yorkda samolyot va o‘t o‘chirish vositasi to‘qnashdi, qurbonlar bor

Nyu-Yorkda samolyot va o‘t o‘chirish vositasi to‘qnashdi, qurbonlar bor

Nyu-York shahridagi LaGuardia aeroportida mahalliy vaqt bilan 23:30larda (Toshkent vaqti bilan dushanba kuni soat 08:30) Air Canada Express mintaqaviy reaktiv samolyoti qo‘nish paytida aeroportda harakatlanayotgan o‘t o‘chirish mashinasi bilan to‘qnashib ketdi. Oqibatda samolyot ekipajidan bosh uchuvchi va ikkinchi uchuvchi halok bo‘lgan.

NBC News telekanalining xabar berishicha, hodisa vaqtida bir necha yo‘lovchi va aeroport xodimlari jarohatlangan. Reuters agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘t o‘chirish mashinasida politsiya xodimlari ham bor edi: bir serjant va bir politsiya xodimining suyaklari singan, ular shifoxonaga olib ketilgan va holati barqaror.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Air Canada Express’ning hamkori Jazz Aviation tomonidan boshqarilayotgan CRJ-900 turkum samolyoti Monrealdan 72 nafar yo‘lovchi hamda to‘rt nafar ekipaj a’zosini olib kelayotgan edi. Flightradar24 parvozlarni kuzatish portali ma’lumotlariga ko‘ra, havo kemasi o‘t o‘chirish vositasiga taxminan 39 km/soat tezlikda urilgan.

Reuters agentligi olgan fotosuratlarda samolyotning buruni yuqoriga qarab qiyshayib qolgani va qirqishlar kuzatilgani ko‘rinib turibdi. Nyu-York va Nyu-Jersi port ma’muriyatining ma’lum qilishicha, o‘t o‘chirish mashinasi aeroportning 4-uchish-qo‘nish yo‘lagida boshqa favqulodda chaqiruvga javoban harakatlanayotgan paytda samolyot bilan to‘qnashgan. Rasmiylar hozircha o‘lim va jarohatlar yuzasidan tezkor bayonot bermadi.

AQSH Federal aviatsiya boshqarmasi aeroport dushanba kuni soat 14:00 ga qadar yopiq bo‘lishini ma’lum qildi. 18 ta reys boshqa aeroportlarga yo‘naltirildi yoki yo‘nalishini o‘zgartirdi, asosan Nyu-York hududidagi boshqa aeroportlarga qayta yo‘naltirildi.

Ma’lumot uchun, LaGuardia aeroporti 2025 yilda yiliga 30 milliondan ziyod yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatgan va AQSHning ko‘plab aviakompaniyalari u yerda faoliyat yuritadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Nyu-Yorkda samolyot va o‘t o‘chirish vositasi to‘qnashdi, qurbonlar bor