O‘zbekistonlik taniqli milliarder Alisher Usmonovning marhum jiyani Bobur Usmonovning bevasi Diyora Usmonova 27 iyul kuni o‘g‘il farzandli bo‘ldi. Bu haqda Usmonovaning o‘zi bugun, 5 avgust kuni ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasida xabar berdi, deb yozadi Qalampir.uz.
Ko‘pchilikka ma’lumki, Alisher Usmonov dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatidan o‘rin olgan. Milliarderning farzandi yo‘qligi uchun uning yolg‘iz ukasi Bahodir Usmonovning o‘g‘li Bobur Usmonov unga merosxo‘r sifatida ko‘rilgan. Alisher Usmonov ham uni o‘z o‘g‘lidek ko‘rgan.
2013 yil Usmonovlar oilasi uchun musibatli kechdi. 8 may kuni tonggi soat 5:15 da Bobur Usmonov va Kristina Yo‘ldosheva o‘tirgan Ford Mustang avtomobili Toshkentning Yunusobod tumanida, "Shedevr" supermarketi yaqinidagi qarama-qarshi yo‘llarni ajratib turuvchi to‘siqqa kelib uriladi. Natijada Bobur va Kristina voqea joyida halok bo‘ladi.
Bobur va Diyoraning 2012 yilda tug‘ilgan Maryam ismli qizi bor edi.
Bo‘lib o‘tgan voqealardan so‘ng Diyora Usmonova turmushga chiqqanini rasman e’lon qilmadi. U asosan Moskva, Istanbul va Dubay shaharlarida istiqomat qildi.
Diyora Usmonovaning ijtimoiy tarmoqqa joylashtirgan suratiga ko‘ra, u o‘g‘liga Ikrom deb ism qo‘ygan. U qo‘ygan suratda chaqaloqning familiyasiga ham ishora berilib, Ikrom Rahimov deb yozilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi