21:30 / 25.04.2024
668

Ukraina urushda ilk bor AQSHning uzoq masofali ballistik raketalaridan foydalandi

Ukraina urushda ilk bor AQSHning uzoq masofali ballistik raketalaridan foydalandi
Foto: BBC
Ukraina harbiylari Rossiyaga qarshi urushda ilk bor AQSHning uzoq masofaga uchuvchi raketalaridan foydalandi. Bu haqda BBC nashri xabar berdi.

Ukraina Rossiyaga qarshi AQSH tomonidan yashirin ravishda taqdim etilgan uzoq masofali ballistik raketalardan foydalanishni boshlaganini Amerika rasmiylari tasdiqlagan. Qurollar AQSHning avvalgi yordam paketining bir qismi sifatida yuborilgan va shu oy yetib kelgan.

Rasmiylarning aytishicha, ballistik raketalar jo‘natilgani Ukrainaning “operativ xavfsizligini” ta’minlash uchun ochiqchasiga e’lon qilinmagan. Ushbu raketalar allaqachon kamida bir marta Qrimdagi Rossiya nishonlariga zarba berish uchun ishlatilgan.

Oldinroq AQSH prezidenti Jo Bayden 24 aprel kuni Ukrainaga 61 milliard dollarlik iqtisodiy va harbiy yordam ko‘rsatish paketini imzolagani ma’lum qilingan edi. Ushbu yordam doirasidagi Amerika qurollari yaqin orada Kiyevga yuborilishi kutilmoqda.

Ukraina uzoq vaqtdan beri 300 km masofagacha ucha oladigan raketa va yalpi o‘t ochish tizimlarni AQSHdan so‘rab kelgan. Bayden ma’muriyati bu talabni qondirish uchun fevral oyida tashabbus ko‘rsata boshlagani aytilgan.

AQSH rasmiylari uzoq masofaga uchuvchi ballistik raketalarni Ukrainaga topshirish barobarida Kiyev tomonidan bu qurollar Rossiya aholisiga qarshi foydalanilishi mumkinligidan xavotir bildirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukraina urushda ilk bor AQSHning uzoq masofali ballistik raketalaridan foydalandi