Foto: Bojxona qo‘mitasi
Buxoro aeroporti bojxona posti orqali qadimiy numizmatika buyumlarini xorijga olib chiqish urinishi bartaraf etildi. Bu haqda Buxoro viloyati bojxona qo‘mitasi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, «Buxoro - Vnukovo» yo‘nalishidagi aviareys orqali Rossiyaga uchib ketayotgan ikki nafar fuqaro o‘zi bilan 4 ta qadimiy tangani olib ketmoqchi bo‘lgan. Ular ashyoviy dalil sifatida vaqtincha saqlovga olingan va qadimiylik darajasini aniqlash maqsadida Buxoro viloyati madaniy meros boshqarmasi tomonidan badiiy ekspertiza o‘tkazilgan. Unga ko‘ra, mazkur tangalar 1751 yilda Rossiyaning Yekaterinburg zarbxonasida zarb etilgani tasdiqlangan.
Qadimiy numizmatika ashyolari doimiy saqlash uchun Buxoro davlat muzey-qo‘riqxonasiga taqdim etilgani ta’kidlanmoqda.
«Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi to‘g‘risida»gi qonuniga asosan, zarb etilganligiga 50 yildan oshgan numizmatika buyumlarini O‘zbekiston hududidan olib chiqish taqiqlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi