Foto: “O‘FA”
26 aprel sanasida O‘zbekiston U23 jamoasi chorak final bahsida Saudiya Arabistoni bilan uchrashuv o‘tkazadi. Ushbu o‘yin oldidan “Daryo” Xitoyda bo‘lib o‘tgan U23 hamda 2023 yilda O‘zbekistondagi U20 musobaqalarida O‘zbekiston jamoasi bilan chempionlikni nishonlagan Ravshan Haydarov bilan suhbat olib bordi.
“Jamoa yildan yilga o‘sdi, orada rotatsiyalar ham qilindi. Ushbu jamoa avvalgi musobaqalarda ishtirok etdi. Legionerga aylanishdi. Ushbu jamoa yetilib, pishib keldi. Xursand qiladigani, hozir ikki bir xil tarkibga ega jamoamiz bor. Guruh bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tildi. Nafaqat ochkolar yig‘ildi, balki o‘yin uslublari turnir davomida tajribadan o‘tkazildi”.
Ravshan Haydarov O‘zbekistonning bugungi kunda darvozasi daxlsiz saqlanayotgani nafaqat himoyachilarning, balki butun jamoa xizmati ekanligiga alohida to‘xtaldi.
“Bizga raqiblik qilgan jamoalarni kuchsiz deb aytmagan bo‘lar edim. Buning asosiy sababi bizning jamoamizning o‘yinida muvozanat yuzaga kelgan. Markaziy himoyada konstruktiv, oldingi chiziqda agressiv futbolchilarimiz bor. Balans bor jamoada. Bu juda quvonarli. Hamma jamoa kuchli. Bugungi natijalarimiz aynan o‘zimizning o‘yinimizni topganimizdan dalolat”.
Bugungi kunda O‘zbekiston terma jamoasida har bir futbolchi o‘yinni kuchaytirish xususiyatiga ega. Ravshan Haydarov ikkita teng tarkibning mavjudligi bosh murabbiyga asosiy tarkibni tanlashga qiyinchilik emas balki imkoniyat taqdim etishini alohida e’tirof etdi.
“Bu shirin tashvishlar. Guruh bosqichi o‘yinlarida Kapadze har bir futbolchiga o‘yin imkonini berdi va rotatsiyalar olib bordi. Bu nafaqat maydonda, balki ichki muhitga ham ijobiy ta’sir qiladi. Sababi futbolchining har biri unga ham imkoniyat taqdim etilishini his qilgan holda jangovar holatda o‘tiradi. Bosh tarkibni tanlash bu bosh murabbiyning bashorati”.
O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi guruh bosqichining ikkinchi turida chorak final bosqichi masalasini hal qildi va uchinchi o‘yin oldidan keyingi bosqichdagi raqibini tanlash imkoni bor edi. Ravshan Haydarov raqib tanlamasdan o‘z o‘yinini namoyish qilayotgan Kapadzening qarori to‘g‘ri ekanligini aytib o‘tdi.
“Agar Olimpiadaga chiqish yoki Osiyo chempioni bo‘lish maqsadi bor ekan, biz raqib tanlamasligimiz kerak. Futbolchilar uchun ham bunday yondashuv motivatsiya beradi. Eng asosiysi, biz milliy termaga raqobatbardosh futbolchilarni tarbiyalab berishimiz kerak. Bizda tizim ishlashni boshladi. Futbolga bo‘layotgan e’tibor, sharoitda qaysidir o‘yinga qarashimiz kerak emas. Biz qanday raqib bo‘lishidan qat’iy nazar g‘alaba uchun maydonga tushishimiz kerak”.
O‘zbekiston termasi ertangi o‘yinda qanday o‘yin ko‘rsatishi borasida ham Ravshan Haydarov alohida to‘xtaldi.
“Bu futbolchilar stressli holatga tushgan. Masalan, Saudiya bilan Toshkentdagi o‘yinda. O‘ylaymanki, ertangi o‘yinda rejalar tuzilgan va bolalar bu rejalarni amalga oshirishga tayyor. Jamoa har qanday holatga tayyor. Ertangi o‘yinda Saudiya uchun kutilmagan variantlar bor”, — deydi Ravshan Haydarov.
Yoshlar termasi bilan ishlayotgan murabbiy ertangi o‘yin oldidan terma jamoaga omad tiladi.
Eslatib o‘tamiz, Osiyo Kubogi U23 doirasidan o‘rin olgan Saudiya Arabistoni — O‘zbekiston bahsi 26 aprel kuni 19:00 da start oladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Rossiya Davlat dumasiga rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga kiritishni taqiqlash loyihasi kiritildi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Sayxunobodda qarzdor otadan salkam 75 mln so‘m aliment pullari undirildi
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qo‘ydi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi