Rossiya futbolining eng taniqli murabbiylaridan biri Valeriy Nepomnyashiy “Sport Ekspress” nashriga bergan intervyusida Abbosbek Fayzullayev haqida ham gapirdi.
80 yoshli mutaxassis o‘zbek futbolini yaxshi biladi. U 2006 yili “Paxtakor” va O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘lib ishlagan.
Sports.uz portali ushbu intervyuning Abbosbek Fayzullayev haqidagi qismini o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga havola etadi.
— “Axmat” bilan o‘yindan keyin ayrimlar Abbosbek Fayzullayev O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi ixtiyoriga tezroq borish uchun atayin diskvalifikatsiya ishlab oldi, degan gap chiqardi...
— Yo‘q, men bunga umuman ishonmayman. U bunaqa o‘yinchi emas. Agar o‘sha vaziyatni esga olsak, Abbos to‘pni yo‘qotdi, raqibni quvib yetdi, to‘pni olib qo‘ymoqchi bo‘ldi... Oxir-oqibat mana shunday holat kelib chiqdi. Alamli.
Men uni Rossiya Premer-ligasida joriy mavsumning kashfiyotlaridan biri, deb hisoblayman. Haqiqiy topilma!
— Lekin o‘yinida pasayish kuzatildi.
— Qo‘shilaman. Ammo bu taqvim tig‘izligi bilan bog‘liq bo‘lgandi. Har holda Osiyo kubogida o‘ynab keldi. Kelganidan keyin ma’lum vaqt o‘tib, yana o‘z darajasiga chiqib oldi.
— U yana qaysi jihatlarini kuchaytirishi kerak?
— Menimcha, unda ortiqcha kamchiliklar yo‘q. Hammasi joyida bo‘lgan paytda u ko‘zni quvontiradi. O‘yini pasayishi Rossiya Premer-ligasida birinchi mavsumini o‘tkazayotgan yosh o‘yinchilar uchun normal holat. Ular hali o‘zini to‘liq boshqarishni bilmaydi. Tajribali futbolchi butun mavsum davomida o‘z kuchini to‘g‘ri taqsimlashni yaxshi biladi.
— Fayzullayev Alan Dzagoyevning yoshligini eslatib yubormayaptimi?
— Yo‘q, ular o‘yin uslubi bo‘yicha ancha farq qiladi. Dzagoyev ayyorlarning ayyori edi. Fayzullayev esa, boshqacha tezlikda o‘ynaydi. Abbos faoliyatini rivojlantirish uchun kattaroq imkoniyatga ega, deb hisoblayman. Har holda menga shunday tuyuladi. O‘ylashimcha, Alanga qaraganda Abbosbekning kelajagi yorqinroq. Fayzullayev yorqinroq porlaydi.
— U SSKAda uzoq qoladimi?
— Keyingi mavsum davomida yoki oxirida, transfer oynalaridan birida ketadi, deb o‘ylayman.
— Shundaymi?
— Bu yigit professional darajada o‘ynayotgani ko‘rinib turibdi. Agentlari muayayn ishlarni amalga oshirib qo‘ygan bo‘lishi mumkin. Bunaqa futbolchilar RPLni bezaydi.
Iqtidorli yigitlar Yevropaga ketib, zaxira o‘rindig‘ida o‘tirib qolayotgani achinarli... Xorijda muntazam o‘ynashning qat’iy variantini tanlash kerak bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Rossiya Davlat dumasiga rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga kiritishni taqiqlash loyihasi kiritildi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Sayxunobodda qarzdor otadan salkam 75 mln so‘m aliment pullari undirildi
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qo‘ydi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi