5 875
Temur Kapadze: Yangi yil O‘zbekiston terma jamoasi uchun ham omadli kelishini niyat qilaman
Qadrli futbol muxlislari, mana sekin-asta 2016 yil ham yakunlanib bormoqda. Bir necha soatdan so‘ng yangi – 2017 yil kirib keladi.
“Lokomotiv” futbol klubi vakillari Yangi Yil bayrami munosabati bilan siz – aziz ishqibozlarga bayram tabriklari tayyorlashdi. Jumladan, jamoamizning mamlakat chempionligi va kubogini qo‘lga kiritishida ulkan xissa qo‘shgan sardori – Temur Kapadze quyidagicha bayram tabrigini yo‘lladi.
— Avvalambor, barcha yurtdoshlarimizni yangi kirib kelayotgan – 2017 yil bilan chin qalbimdan tabriklayman. Eski yilda amalga oshmagan ishlari yangi yilda amalga oshishini tilab qolaman. 2016 yil “Lokomotiv” klubi uchun juda ham omadli keldi. Yangi 2017 yil bundan ham omadli kelsin. Shu fursatdan foydalanib, Yangi yil O‘zbekiston milliy terma jamoasi uchun ham omadli kelishini niyat qilaman.
Oldimizda turgan mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritishimizni tilab qolaman. Bizning g‘alabalarimiz – bu muxlislarning g‘alabasi. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin. Barcha yurtdoshlarimizni yana bir bor kirib kelayotgan Yangi Yil bilan chin qalbimdan tabriklayman, — deydi “Lokomotiv” klubi sardori Temur Kapadze. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi