15:43 / 15.01.2017
4 910

AQSh FIFAga qarshi tergovni davom ettiradi

AQSh FIFAga qarshi tergovni davom ettiradi

AQSh hukumati FIFAdagi korrupsiya ishi bo‘yicha tergovni davom ettiradi. Bu haqda AQSh adliya vaziri Loretta Linch 14 yanvarda ma’lum qildi, deb yozmoqda Kun.uz. Linch shuningdek bosh prokuror hisoblanadi va Donald Trampning inaugurasiyasi kuni o‘z lavozimini tark etadi.

"Bu ishni bizning sa’y-harakatlarimiz va xalqaro hamkorlarimiz hamkorligi evaziga tergov qilish mumkin bo‘ldi. Bu ish ketmoqda va davom ettiriladi", deb aytgan Linch.

Linchning aytishicha, AQShda bu ish bo‘yicha birinchi sud taftishi o‘tkazilishi oktyabrga belgilangan, tergov esa davom etmoqda.

Linch ushbu ishni Tramp adliya vaziri lavozimiga taklif qilgan senator Jeff Seshns boshqarmasiga topshirishini eslatib o‘tdi. Linchning aytishicha, FIFAdagi korrupsiya uni keyinga qoldirish uchun juda katta va shov-shuvli ishdir. "Bu ish men uchun biz odamlarning kundalik turmushiga ta’sir qiladigan ishlarni taftish qiladigan adliya vazirligimizdagi ishimizning mazmuni ramzidir. Futbol sportning eng ommaviy turi hisoblanadi", deb ta’kidlab o‘tdi adliya vaziri.

FIFA tarixidagi eng katta mojaro 2015 yil 27 mayda avj olgan. O‘shanda Syurixda tashkilotning 7 nafar yuqori lavozimli amaldorlari qo‘lga olingan. Hammasi bo‘lib 14 nafar sobiq va amaldagi mansabdor shaxslarga ayblovlar e’lon qilingan. AQSh adliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, gumonlanuvchilar 24 yil ichida 150 mln dollarga yaqin pora olishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » AQSh FIFAga qarshi tergovni davom ettiradi