19:00 / 28.04.2017
6 256

Gvardiola - zamonamizning eng yaxshi murabbiyi

Gvardiola - zamonamizning eng yaxshi murabbiyi
Fransiyaning L’Equipe nashri zamonamizning 50 nafar eng yaxshi murabbiylari nomini e’lon qildi.

Ovoz berishda gazetasining 33 nafar jurnalist ishtirok etdi, deb yozadi “Championat.asia”.

Birinchi o‘rinni "Manchester Siti" ustozi Xosep Gvardiola egalladi. Fransiya nashri ispaniyalik 2008-2012 yillarda "Barselona" bilan 14 ta sovrin qo‘lga kiritganini esdan chiqarmadi.

Ikkinchi o‘rinni "Chelsi" bosh murabbiyi Antonio Kontega nasib etdi. Uchinchi o‘rinni esa "Atletiko" ustozi Diego Simeone egalladi.

Birinchi o‘nlikka kirgan murabbiylar: Karlo Anchelotti («Bavariya»), Joze Mourinyu («Manchester Yunayted»), Massimiliano Allegri («Yuventus»), Yoaxim Lyov (sbornaya Germanii), Zinedin Zidan («Real»), Leonardu Jardim («Monako») va Yurgen Klopp («Liverpul»).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Gvardiola - zamonamizning eng yaxshi murabbiyi