O‘zbekistonning “Uzbek Tigers” jamoasi Butunjahon boks seriyalari (WSB) VII mavsum chorak finalining birinchi uchrashuvida amaldagi chempion “Cuba Domadores” bokschilarini 3:2 hisobida mag‘lub qilgan edi. Uchrashuv Samarqandning “Mo‘’jiza” amfiteatrida bo‘lib o‘tgandi.
Bugun Toshkent vaqti bilan 20 may kuni 5:30da (Kubada 19 may 20:30) Butunjahon boks seriyalari (WSB) VII mavsum chorak finalining javob uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Unda “Uzbek Tigers" jamoasining tajribali bokschilariga qarshi “Cuba Domadores”ning tajribali bokschilari tanlandi. Qizg‘in va kurashlarga boy janglarda har ikki jamoaning bugungi kundagi eng kuchli bo‘lgan bokschilari kurash olib bordi, deb yozadi Kun.uz nashri.
“Uzbek Tigers” “Cuba Domadores” o‘rtasidagi janglarda ringlarga quyidagi bokschilar chiqib kelishdi:
52 kg. Jasur Latipov – Veytia Uosbanu
60 kg. Elnur Abduraimov – Estrada Alvares
69 kg. Shahram G‘iyosov – Iglesias Roniel
81 kg. Bektemir Meliqo‘ziev – La Kruz Julio
+91 kg. Bahodir Jalolov – Larduet Gomes
Musobaqa reglamentiga ko‘ra, har bir 3 daqiqalik 5 raunddan olib borilgan ayovsiz janglarda “Cuba Domadores” jamoasi qo‘li baland keldi va 5:0 hisobida g‘alaba qozondi. Shunday qilib, “Cuba Domadores” yarim finalda Columbia Heroicos vs Italia Thunder jamoalari g‘olibi bilan kuch sinashadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi