21:37 / 24.05.2017
6 067

O‘zbekiston U-20 futzal termasi Osiyo chempionatining 3-o‘rini uchun kurashadi

O‘zbekiston U-20 futzal termasi Osiyo chempionatining 3-o‘rini uchun kurashadi
Futzal bo‘yicha O‘zbekiston U-20 terma jamoasi tarixda ilk marotaba o‘tkazilayotgan Osiyo chempionati yarim finalida Iroq yoshlariga qarshi bahs olib bordi.

Xose Mariya Mendez shogirdlari murosasiz va kurashlar ostida o‘tgan bellashuvda 1:5 hisobida imkoniyatni boy berdi. Yarim finalning yana bir o‘yinida Eron U-20 termasi Tailand yoshlarini qo‘shimcha taymlarda 7:5 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

26 may kuniga belgilangan final bellashuvida Iroq U-20 va Eron U-20 terma jamoalari o‘zaro kurash olib boradi. Mazkur ikki jamoa 2018 yili o‘tkaziladigan yoshlar o‘rtasidagi (U-18) Olimpiya o‘yinlari futzal musobaqasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston U-20 terma jamoasi ertaga, 25 may kuni musobaqaning uchinchi o‘rini uchun bahsda Tailand U-20 termasi bilan kuch sinashadi.

U-20 Osiyo chempionati
Yarim final o‘yinlari
24 may, chorshanba

Tailand U-20 – Eron U-20 — 5:7

Iroq U-20 – O‘zbekiston U-20 — 5:1

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston U-20 futzal termasi Osiyo chempionatining 3-o‘rini uchun kurashadi