Superligada bugun 4-tur bahslari Farg‘onadan start oladi

Bugundan O‘zbekiston Superligasining 4-turiga start berildi. Turning dastlabki uchrashuvi Farg‘ona shahrida bo‘lib o‘tadi. Timur Kapadze rahbarligidagi “Navbahor” safarda “Qo‘qon-1912” bilan kuch sinashadi. Poytaxtning mashhur jamoasi “Bunyodkor” esa bu turda “Xorazm”ga qarshi maydonga chiqadi. Har ikki bahs 19:15 da rejalashtirilgan.
Shu bilan birga, hali g‘alaba qo‘lga kirita olmagan Mirjalol Qosimov boshqaruvidagi OKMK safarda “Qizilqum” bilan bahs olib boradi. Bu o‘yin esa 20:00 da start oladi.
Ma’lumot o‘rnida, 3-turdan so‘ng “Neftchi” 9 ochko bilan turnir jadvalida yetakchi bo‘lib turibdi. “Lokomotiv”, “Nasaf” va “Buxoro” jamoalari esa 7 ochko to‘plab, navbatdagi o‘rinlarni egallagan. Turnirning oxirgi pog‘onasida esa hali ochko qo‘lga kirita olmagan “Mash’al” jamoasi bormoqda.
Bu tur muxlislar uchun qiziqarli va tomoshabop o‘yinlar bilan yodda qolishi kutilmoqda, chunki har bir jamoa o‘z maqsadiga erishish va turnirdagi mavqeini mustahkamlash uchun qo‘lidan kelgan harakatini qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!