21:40 / 16.09.2017
5 144

La liga. «Barselona» qiyin va irodali g‘alabaga erishdi

La liga. «Barselona» qiyin va irodali g‘alabaga erishdi
Ispaniya chempionatining 4-turi doirasida "Barselona" safarda "Xetafe" mehmoni bo‘ldi. Valverde shogirdlari yorqin o‘yin namoyish qila olishmadi, ammo muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritishdi.

Kataloniyaliklar birinchi bo‘limda yaqqol golga tortadigan vaziyat yarata olishmadi. Boz ustiga, 40-daqiqada Shibasaki jarima maydonchasiga tashqarisidan to‘pni yerga tushirmasdan Ter Shtegen darvozasi tomon yo‘lladi va juda chiroyli gol muallifiga aylandi. Bu "Barselona"ning Ispaniya chempionatida o‘tkazib yuborgan dastlabki goli bo‘ldi. Oradan ko‘p o‘tmasdan Messi jarimadan to‘pni naq "to‘qqizlik" tomon tepdi, ammo "Xetafe" posboni juda qiyin vaziyatda jamoasini goldan qutqardi.

Ikkinchi bo‘limda kataloniyaliklar biroz tezlikni oshirishdi hamda o‘zlari yaratgan kamsonli hujumlarni golga aylantirishga muvaffaq bo‘lishdi. Uchrashuvning 62-daqiqasida mezbon himoyachisi o‘z jarima maydonchasi tashqarisida qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yib, to‘pni raqiblarga oldirib qo‘ydi. Natijada Denis Suares aniq zarba bilan hisobni tenglashtirdi.

Bahs tugashiga 5 daqiqa qolganida "Barsa" futbolchilari g‘alabani ilib ketishga muvaffaq bo‘lishdi. Messining uzatmasidan keyin Paulino ikki markaziy himoyachi orasidan o‘tib, mezbonlar jarima maydonchasiga kirib bordi va o‘tkir burchak ostida aniq zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi.

"Barselona" mavsumdagi ketma-ket to‘rtinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Jamoa 12 ochko bilan peshqadamlik qilishda davom etadigan bo‘ldi.

Ispaniya La ligasi, 4-tur
Xetafe – Barselona 1:2 (1:0)

Gollar: 1:0 – 39 Sibasaki, 1:1 – 62 Denis Suares, 1:2 – 84 Paulino.
Xetafe – Guaita, Dakonam, Antunesh, Suares, Kala, Fajr, Bergara, Arambarri (Portilo, 85), Sibasaki (Alvaro, 54), Dediu (Mora, 71), Molina.
Barselona – ter Stegen, Umtiti, Pike, Alba, Rakitich (Paulino, 77), Serdji Roberto, Inesta (Denis Suares, 46), Buskets, Dembele (Deulofeu, 29), Messi, Suares.
Ogohlantirishlar: Pike (10), Kala (32), Deulofeu (53), Alba (66), Suares (73), Suares (88).

Manba: stadion.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » La liga. «Barselona» qiyin va irodali g‘alabaga erishdi