Avval xabar berib o‘tganimizdek, Osiyo Chempionlar Ligasi musobaqasining 2018 yilgi mavsumida O‘zbekistonning 3 ta jamoasi ishtirok etadi.
Jumladan, Oliy Liga chempioni “Lokomotiv” guruh bosqichida to‘g‘ridan – to‘g‘ri ishtirok etsa, kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritgan “Nasaf” va “Paxtakor” jamoalari saralash bahslarida ishtirok etib, guruh bosqichiga chiqishga harakat qilib ko‘rishadi.
E’tiborlisi, OChLning yangi mavsumidagi ishtiroki bilan “Paxtakor” turnirda qatnashish bo‘yicha rekordchilardan biriga aylanadi.
Ya’ni “Paxtakor” va “Al-Hilol” jamoalari musobaqada 14-martadan ishtirok etadi. “Al-Ayn” va “Al-Sadd” bu borada bittadan past ko‘rsatkich sohibi sanaladi.
Ular turnirda 13-bor qatnashish imkoniyatini qo‘lga kiritishgan. “Chonbuk Motors” va “Sepaxon” OChLda 11 martadan qatnashgan.
Chempionlar ligasida “Paxtakor” jami 87 uchrashuvda maydonga tushgan va Osiyoda 4-natija sohibi hisoblanadi.
Ulardan 39 tasida g‘alaba qozongan va 133 ochko to‘plagan. Har ikki ko‘rsatkich Osiyoda 5-eng yaxshi natija sanaladi.
“Paxtakor” raqiblari darvozasiga 123 to‘p kiritib, 114 ta gol o‘tkazib yuborgan.
“Paxtakor” 2003 va 2004 yillarda Chempionlar ligasi yarim finalida ishtirok etgan.
“Paxtakor” 2018 yilgi musobaqani 30 yanvar kuni safarda pley-off bosqichida “Al-Garafa”ga qarshi o‘yin bilan boshlaydi.
Qarshining “Nasaf” klubi esa xuddi shu kuni o‘z maydonida Iordaniyaning “Al-Faysali” klubiga qarshi maydonga tushadi.
Ta’kidlab o‘tish joizki, “Paxtakor”ning ushbu natijasini O‘zbekistonning boshqa jamoalari hali takrorlashlariga ko‘p vaqt sarflashadi.
Shunda ham agar “Paxtakor” OChLda umuman ishtirok etmasa ularga “Lokomotiv”, “Bunyodkor” va “Nasaf” jamoalari yetib olishlari mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi