O‘zgidromet tezkor ogohlantirish bilan chiqdi

Joriy yilning 27–30 yanvar kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishi sababli respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi mavjud. Bu haqda O‘zgidromet tezkor ogohlantirish bilan chiqdi. Mutaxassislar bu kunlarda tog‘li yo‘llar va baland hududlarda ehtiyot choralarini kuchaytirish muhimligini ta’kidlamoqda.
Jumladan, quyidagi hududlarda qor ko‘chishi xavfi e’lon qilinadi:
-Qashqadaryo viloyati: Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida;
-Surxondaryo viloyati: Boysun, Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun tumanlarida;
-Samarqand viloyati: Nurobod, Qo‘shrabot, Samarqand, Urgut tumanlarida;
-Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlarida;
-Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari);
-Namangan viloyati: Pop tumanida.
O‘zgidromet ma’lumotiga ko‘ra, tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘raladi. Ayniqsa, tog‘ yo‘llarida harakatlanishda tezlikni pasaytirish, xavfli qiyaliklardan uzoqroq yurish va ob-havo sharoitini hisobga olib safar rejalashtirish tavsiya etiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!