3 fevral uchun valyuta kurslari e’lon qilindi

3 fevral 2026 kuni uchun belgilangan rasmiy valyuta kurslariga ko‘ra, dollar kursi 17,01 so‘mga oshib, 1 dollar 12 242,17 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi 37,28 so‘mga pasayib, 14 522,89 so‘m bo‘ldi. Rossiya rubli 2,11 so‘mga arzonlab, 159,90 so‘mni tashkil etdi. Britaniya funti 6,01 so‘mga tushib, 16 784,02 so‘mga teng bo‘ldi. Yaponiya iyenasi 0,14 so‘mga pasayib, 79,10 so‘m etib belgilandi. Shveytsariya franki esa 84,63 so‘mga arzonlab, 15 798,39 so‘mni tashkil qildi.
Xitoy yuani 2,98 so‘mga oshib, 1 761,29 so‘m darajasiga yetdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing